Oliy sud raisi: «Hayajonim hali bosilgani yo‘q...»
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida boshqa sohalar qatori sud-huquq tizimida oid masalalarga ham alohida to‘xtalib o‘tdi. Xususan, tizim mustaqilligi shaxsan o‘zining nazoratida bo‘lishini ta’kidlar ekan, ko‘zga tashlanayotgan ijobiy ishlarni e’tirof etib o‘tdi.
Tadbirdan so‘ng Oliy sud raisi Kozimjon Komilov «Uza.uz» muxbiri bilan suhbatlashar ekan, «hayajoni hali bosilmagani» aytib, davlat rahbarining e’tirofini «sudyalarga ilk ishonchi» deb baholadi. Shuningdek, Oliy mahkama rahbari prezidentning sud tizimi xodimlari bilan 2017-yil 13-iyunida uchrashuvini eslar ekan, o‘shanda adolatni ta’minlash vazifasini qat’iy qilib qo‘yganini aytadi. «Shundan beri o‘tgan vaqt ancha qiyin kechdi. To‘g‘risi, aynan o‘sha vaqtda adolat jar yoqasiga kelib qolgandi», deya ochiq tan oladi K. Komilov.
Bundan tashqari suhbatda sudlar tom ma’noda mustaqil bo‘lishi uchun ancha-muncha ishlar qilish loimligini ham yashirmaydi: «...2020-yilda sud ana shu ezgu ishlarini yanada chuqurlashtiradi va to‘liq mustaqillikka erishadi. Bu yil biz uchun katta bir sinov, imkon yili. (Yo bu yil yoki hech qachon)»!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter