O‘qishga kiritishni va’da qilgan firibgar qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti matematika kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi J.U. fuqaro X.Ya.ni Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutiga qo‘shimcha kontrakt asosida o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga, 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan J.U.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter