O‘zbekistonliklarga Afg‘oniston, Eron va Italiyaga bormay turish tavsiya qilindi

COVID-19 koronavirusinining O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Transport vazirligi Afg‘oniston Islom Respublikasi, Eron Islom Respublikasi va Italiya Respublikasi aviatsiya idoralari va kompaniyalarini 2020-yilning 1-mart kunidan boshlab mazkur davlatlar bilan aviaqatnovlarning vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida rasman xabardor qildi.
TIV xabariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatning barqarorlashishi bilan mazkur mamlakatlar aviakompaniyalarining mavjud slotlari qayta tiklanishiga kafolat berilishini tasdiqlagan.
O‘zbekiston fuqarolariga Afg‘oniston, Eron va Italiyadagi holatning yaxshilanishiga qadar ushbu mamlakatlarga borishdan tiyilib turishlari tavsiya etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter