Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Qiynoqning oldini olish qo‘mitasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda Qiynoqning oldini olish qo‘mitasi tashkil etiladi

Foto: Xabar.uz

Bugun ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova favqulodda yangilik kutilayotganini aytdi.

Unga ko‘ra, tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etish faoliyatida qiynoqning oldini olish tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Prezidentining «Tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etish faoliyatida qiynoqning oldini olish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasida  Qiynoqning oldini olish qo‘mitasini tashkil etish nazarda tutilmoqda.

Foto: Xabar.uz

Loyihaga ko‘ra, ushbu qo‘mita huquqni muhofaza qiluvchi alohida organ, ya’ni insonning qiynoqdan himoya qilishga doir konstitutsiyaviy huquqini ta’minlash bo‘yicha respublika davlat boshqaruvi organi sifatida o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari, ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda amalga oshirishi, shuningdek, o‘z faoliyatida Respublika Prezidenti va Oliy Majlisi palatalariga hisobdor bo‘lishi belgilangan.

Loyihada Qo‘mitaning asosiy vazifalari sifatida:

– jismoniy va yuridik shaxslarning qiynoqqa doir murojaatlarini ko‘rib chiqish;

– qiynoq holatlariga doir ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish;

– jinoyat ishini yuritish chog‘ida ushlab turilgan shaxslarning yagona elektron reyestrini yuritish;

– qiynoqdan jabrlangan shaxslarga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararning o‘rni qoplanishini ta’minlash, ularga ijtimoiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish;

– qiynoq holatlari sodir etilishiga sharoit yaratgan mansabdor shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish va javobgarlik masalasi hal etilishini ta’minlash nazarda tutilgan.

Shuningdek, loyihada ushlab turilgan va qamoqqa olinganlar sutkaning istalgan vaqtida telefon orqali, shu jumladan videokonferensaloqa rejimidan foydalangan holda murojaat qilishi mumkin bo‘lgan Qiynoqning oldini olish qo‘mitasining «call-markazi»ni tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring