Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda o‘qituvchi va hokim yordamchisi qo‘lga olindi

Qashqadaryoda o‘qituvchi va hokim yordamchisi qo‘lga olindi

O‘qituvchi va abituriyentlarga «Milliy sertifikat» olib berishni va’da qilgan shaxslar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qashqadaryo viloyati pedagoglarni yangi medotikalarga o‘rgatish milliy markazi o‘qituvchisi N.Sh. (muqaddam sudlangan) o‘qituvchi D.X.dan 20 nafar o‘qituvchining oylik maoshiga ustama qo‘shilishini ta’minlovchi va 39 nafar abituriyentga oliy o‘quv yurtiga kirishga imtiyoz beruvchi «Milliy sertifikat» olib berish evaziga jami 17 700 AQSh dollari talab qilib, shundan 6 600 AQSh dollarini qo‘lga kiritib qolgan 11 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, N.Sh.ning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda Qarshi shahridagi «T». MFY bo‘yicha hokim yordamchisi Sh.R. o‘qituvchi va abituriyentlarga qalbaki «Milliy sertifikat» tayyorlab berish evaziga N.Sh.dan 6 600 AQSh dollarini olganligi aniqlanib, yana 11 100 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring