Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaysi sohalarda firibgarlik avj olgani ma’lum qilindi

Qaysi sohalarda firibgarlik avj olgani ma’lum qilindi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekistonda eng ko‘p sodir etilayotgan jinoyatlardan biri — firibgarlik hisoblanadi. O‘tgan yil davomida respublikamizda 10 mingdan ortiq firibgarlik jinoyatlari qayd etilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Firibgarliklar oqibatida 17 mingdan ortiq fuqarolar jinoyat jabrlanuvchisiga aylanishgan, ularning 10 mingdan ortig‘ini erkaklar qolgan qismi esa ayollarni tashkil etadi. Fuqarolarimizning ishonuvchanligi va oson boyib ketishga bo‘lgan ishtiyoqi firibgarlarning tuzog‘iga tushishlarining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Chet elga ishga jo‘natish (13,1%), yer, uy oldi-sotdisi (13.9%), o‘qishga yoki ishga kiritish (9%) kabi va’dalar bilan sodir etilayotgan firibgarliklar eng ko‘p uchraydigan firibgarlik bo‘lib qolmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring