Qaysi sohalarda firibgarlik avj olgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda eng ko‘p sodir etilayotgan jinoyatlardan biri — firibgarlik hisoblanadi. O‘tgan yil davomida respublikamizda 10 mingdan ortiq firibgarlik jinoyatlari qayd etilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Firibgarliklar oqibatida 17 mingdan ortiq fuqarolar jinoyat jabrlanuvchisiga aylanishgan, ularning 10 mingdan ortig‘ini erkaklar qolgan qismi esa ayollarni tashkil etadi. Fuqarolarimizning ishonuvchanligi va oson boyib ketishga bo‘lgan ishtiyoqi firibgarlarning tuzog‘iga tushishlarining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Chet elga ishga jo‘natish (13,1%), yer, uy oldi-sotdisi (13.9%), o‘qishga yoki ishga kiritish (9%) kabi va’dalar bilan sodir etilayotgan firibgarliklar eng ko‘p uchraydigan firibgarlik bo‘lib qolmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter