Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qidiruvdagi shaxslar uzoqqa qochib ketisholmadi

Qidiruvdagi shaxslar uzoqqa qochib ketisholmadi

Foto: «News.yandex.com»

2020-yil 12-noyabr kuni Namangan viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan «Qidiruv» tadbiri davomida O‘z.R JKning 135-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruvda bo‘lgan, Namangan shahrida yashagan, 1979-yilda tug‘ilgan fuqaro viloyat IIB JQB tezkor vakili, shahar IIO FMB JQB tezkor vakili va O‘z.R Milliy Gvardiyasi Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi JTTvaQX bo‘lim boshlig‘i tomonidan Namangan shahar 5-kichik tuman hududida ushlanib, Namangan shahar IIO FMB VSHga joylashtirilgan, deya ma’lum qildi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.

Yana bir qidiruvda bo‘lgan shaxs Jondor tumani IIB xodimlari tomonidan Toshkent shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

12-noyabr kuni Buxoro viloyati Jondor tumani IIB Jinoyat qidiruv xizmati tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Qidiruv» tadbiri davomida Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etib, sud organlaridan yashirinib yurganligi uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Jondor tumani sudi tomonidan 3-noyabr kunidan beri qidiruv e’lon qilingan, Jondor tumani Eronsho qishlog‘ida ro‘yxatda turuvchi, 1990-yilda tug‘ilgan A.T. Toshkent shahri hududida aniqlanib, qo‘lga olingan va Buxoro viloyati IIB Probatsiya va jazoni ijro etish bo‘limiga qarashli 4-son Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring