Qotillikda gumon qilingan shaxslar ushlandi

Andijon viloyati IIB YHXB hamda Andijon shahar IIO FMB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor-qidiruv va surishtiruv ishlari olib borildi.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2020-yil 25-aprel kuni soat 10:30larda, Andijon shahar, Yaxshi MFY, Tojik ko‘chasi 64-uyda yashagan 1976-y.t. N.X.ni yashash xonadonida o‘tkir tig‘li jism bilan tanasining turli joylariga urib, o‘ldirib, voqea joyidan yashiringan noma’lum shaxslar aniqlanib, ushlandilar. Ular, Andijon shaharda yashovchi mukaddam 2011-yilda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi bilan sudlangan 1986-y.t. A.M. hamda 1984-y.t. Z.A. ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu fuqarolar ushlanib, Andijon shahar IIO FMBga topshirilgan. Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter