Rishtonlik shaxsning uyidan qurol-yarog‘ topildi
Rishton tumani IIB TQX va tuman DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, Rishton tumani Qoshqayron MFY hududida yashovchi Q.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yotoqxonadan 1 dona 2 stvolli, 16 kalibrli, qirqma ov quroli va 1 dona 4,5 kalibrli pnevmatik vintovkasi borligi aniqlandi. Shuningdek, yashash xonadoni avtomashina garajida 5,6 kalibrli ov qurolining 160 dona o‘q-dorilari, ov qurolining 33 dona yarim tayyor o‘qlari, ov qurolining 1.500 dona sochma o‘qlari va 500 dona kapsullar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Q.M.ga nisbatan JKning 248-moddasi 1-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter