«Shvetsiyani va’da qilgan» korxona rahbari ushlandi

Chilonzor tumanida fuqaroni Shvetsiya davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan MChJ rahbari qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «T.F.» MChJ rahbari Sh.F. fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uni Shvetsiya davlatiga yuborish va ishga kiritib qo‘yish masalasini 4 000 AQSh dollari evaziga hal qilib berishga kelishib, shundan 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter