Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq vazir yetti yilga qamaldi

Sobiq vazir yetti yilga qamaldi

Uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri (2017-2021 yillar) va Nurafshon shahar hokimi (2021-2023 yillar) lavozimida ishlagan Muzaffar Soliyev 7 yilga qamaldi.

Sud hukmiga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) «a» va «v» bandlari, 209-modda (Mansab soxtakorligi) 2-qismining «a», «b» bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan.

Muzaffar Soliyev 3 yil mansabdor va moddiy javobgar shaxs lavozimida ishlash huquqidan mahrum qilingan va uzil-kesil 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tattirish belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, bir yil muqaddam Muzaffar Soliyev ishdan olinib, javobgarlikka tortilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring