Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sud tizimida yilning so‘nggi tayinlovlari

Sud tizimida yilning so‘nggi tayinlovlari

Foto: «Bleedingheartland.com»

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining 30-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida joriy yil hisobidan tizimdagi so‘nggi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda kengash matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (2020-yil 24- iyul. PF-6034-son) Farmoni bilan tashkiliy-tuzilmaviy o‘zgarishlar kiritilmoqda. Mazkur o‘zgarishlar muayyan ixtisoslashuv bo‘yicha faoliyat yuritayotgan sudyalarni lavozimlarga (vakolat muddatiga) qayta tayinlashni taqozo etadi. Shundan kelib chiqib, qayta tayinlashga oid barcha tadbirlar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida amalga oshirildi.

Joriy yilning so‘nggi kunida bo‘lib o‘tgan Sudyalar oliy kengashi yig‘ilishi  qaroriga muvofiq:

Avazbek Anvarovich Inamov — vakolat muddati davriga Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Feruza Muxammedovna Siddiqova — vakolat muddati davriga Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Kamoliddin Komilovich Raximov — vakolat muddati davriga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining sudyasi lavozimiga;

Abdurasul Baxodirovich Minojiddinov — vakolat muddati davriga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining sudyasi lavozimiga;

Sattor Qobilovich Aqanov — vakolat muddati davriga Qashqadaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Nodir Alisherovich Gadayev — vakolat muddati davriga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Fuzor tumanlararo sudining raisi lavozimiga;

Djamol Jaxonovich Choriyev — vakolat muddati davriga Buxoro viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Shohida Oripovna Bozorova — vakolat muddati davriga Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining raisi lavozimiga;

Ubaydulla Sadullayevich Allayev — vakolat muddati davriga Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Mannonjon Xurramovich Nurmatov — vakolat muddati davriga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

Ulfat Sayfullayevich Homidov — vakolat muddati davriga Toshkent viloyati Zangiota tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi.

Sudyalar oliy kengashi qarori yangi — 2021-yilning birinchi kunidan kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring