Sudyalar oliy kengashi vakili «yo‘q sudlarga tayinlovlar»ga izoh berdi

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentiligida (AOKA)da bo‘lib o‘tgan tadbirda hali tashkil etilmagan umumyurisdiksiya sudlariga sudyalar tayinlanayotganiga izoh berildi. Ya’ni qonunlar o‘zgarmasdan turib yo‘q lavozimlar qanaqa qilib sudyalar tayinlanmoqda?
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi vakiliga ko‘ra, mamlakat Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni bilan sud tizimining tashkiliy-tuzilmasiga o‘zgarishlarga kiritilmoqda. Ya’ni, 2021-yilning 1-yanvaridan viloyat va unga tenglashtirilgan jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy sudlari negzida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlari tashkil etilishi belgilangan. Shuningdek, ma’muriy sudlar maqbullashtirilishidan tashqari ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolati ham jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tmoqda.
Farmondan kelib chiqib, qator huquqiy hujjatlarga kiritilishi kutilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar uning (Farmonning) ijrosini to‘xtatib turishga asos bo‘lmaydi. Farmon bilan sud tizimiga kiritilayotgan tashkiliy-tuzilmaviy o‘zgarishlar natijasida muayyan ixtisoslashuv bo‘yicha sudyalar soni ko‘payishiga, ayrim ixtisoslashuvlar bo‘yicha kamaymoqda.
To‘g‘ri, shu kunlarda sudlar faoliyati maqbullashtirilishi ortidan qator tayinlovlar amalga oshirilmoqda. Biroq bu – ular tayinlovning ertasigayoq ishga tushib ketadi, degani emas. Tayinlovlarga oid hujjatlarda uning kuchga kiradigan sanasi aniq ko‘rsatib o‘tilgan.
Ma’lumot uchun. Sud tizimiga kiritilayotgan tashkiliy-tuzilmaviy o‘zgarishlar natijasida Oliy sud sudyalari soni 6 taga, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar sudyalari soni 94 taga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar sudyalari soni 20 taga va harbiy sud sudyalari soni 2 taga (jami 122 taga) ko‘payadi. Shu barobarida iqtisodiy va ma’muriy sudlar sudyalari soni, umumiy hisobda,171 taga kamayadi. Qayd etilgan raqamlar jami 49 ta sudyalik shtatlari soni qisqarayotganini anglatadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter