Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sudyalarning oliy malaka hay’atiga rais saylandi

Sudyalarning oliy malaka hay’atiga rais saylandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari Shuhrat Polvonov Sudyalarning oliy malaka hay’ati raisi etib saylandi.

Sudyalar oliy kengashi matubot xizmati xabariga ko‘ra, shu haqdagi Oliy sud Plenumi qarori bilan Oliy sudning to‘qqiz nafar  sudyalaridan iborat Sudyalarning oliy malaka hay’ati tarkibi ham tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun: Sudyalarning malaka hay’atlari O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ko‘maklashadi.

Sudyalarning oliy malaka hay’ati O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari orasidan Sudyalar oliy malaka hay’atining raisi, uning o‘rinbosari va a’zolaridan iborat tarkibda besh yil muddatga saylanadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring