Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya fuqarosi va uning o‘zbekistonlik sheriklari jinoyati fosh bo‘ldi

Turkiya fuqarosi va uning o‘zbekistonlik sheriklari jinoyati fosh bo‘ldi

Foto: «Tergov.uz»

2021-yil 31-yanvar kuni N.R.ning arizasi yuzasidan IIV JQBB va DXX xodimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Shu kuni soat 14:00 larda Samarqand shahri Registon ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli xonadonlardan birida Turkiya Respublikasi fuqarosi Uchar Juma va uning tanishlari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 23 yoshli Muhammadjon P., 36 yoshli Durdona E., 25 yoshli Zebiniso N.lar shartli mijoz sifatida jalb qilingan N.R.ga uni Turkiya davlatidagi «Ucar uluslararasi danismanlik international consulting» shirkati orqali 4200 AQSh dollari evaziga Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborishni ma’lum qilib, dastlabki to‘lov sifatida 2000 AQSh dollar pul mablag‘larini olgan vaqtlarida ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov harakatlari davomida ijtimoiy tarmoqlarda Uchar Juma va Muhammadjon P.lar «Ucar uluslararasi danismanlik international consulting» shirkati orqali Turkiya davlati tomonidan qo‘yilgan taqiqni bekor qilish, chet el davlatlariga ishga yuborishlari haqida «YouTube», «TikTok» ijtimoiy tarmoqlariga e’lon joylashtirib, Andijon, Samarqand va Toshkent shahrida yashovchi fuqarolardan aldov yo‘li bilan jami 6.000 AQSh dollar pul mablag‘lari olganliklari aniqlangan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan olib borilmoqda.

Ushbu shaxslardan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, IIV huzuridagi Tergov departamentiga murojaat qilishi mumkin, deb yozadi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring