Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vayner Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Vayner Farhod Mannopovning o‘limi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Farhod Mannopovning vafot etganligi yuzasidan tekshirish o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, holatga aloqador shaxslarni batafsil so‘roq qilish, qo‘p vaqt talab qilinadigan murakkab ekspertizalar tayinlash va boshqa bir qator tergov harakatlarini o‘tkazmasdan qonuniy to‘xtamga kelish imkoni yo‘qligi sababli Jinoyat kodeksining 116-moddasi (Kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov o‘tkazish yo‘li bilan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi Bosh prokuraturaning navbatdagi xabarida.

Avvalroq F.Mannapovning vafot etganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi, ish doirasida shifokorlar ushlangani yoki qamoqqa olinganligi haqida tarqalayotgan xabarlar inkor qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Farhod Mannopov tibbiy operatsiyadan keyin koma holatiga tushib vafot etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring