Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi qo‘lga tushdi

Xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi qo‘lga tushdi

DXXning Kattaqo‘rg‘on shahar hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda Kattaqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi A.Sh. «L.S.» MChJ tomonidan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilgan 300 mln so‘mlik joriy ta’mirlash ishlarini bajarilganligi haqidagi dalolatnomani XTB mudiriga tasdiqlatib berish evaziga 2 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring