Xalqaro tadbirda prokurorlarning sud qarorlariga ta’siri masalasida bahs bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashabbusi bilan «Sud hokimiyati va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi munosabat» mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tgani xabari berilgandi.
Tadbir yakunida savol-javoblar o‘tildi. Unda ishtirok etayotgan jurnalistlar bir-birlariga «sen boshla-sen boshla» deganday ma’noli qarab turgan paytda tashabbusni «Novosti Uzbekistana» internet nashri jurnalisti Malohat Yo‘ldosheva qo‘lga olib, Sudyalar oliy kengashi vakillarini qo‘yidagi mazmunda savolga tutdi: «Bizda prokurorlarning sud qarorlariga ta’sir o‘tkazish quvvati hamon saqlanib qolayotganiga nima deysizlar? Qachon sud to‘laqonli mustaqil bo‘ladi?».
Keskin qo‘yilgan savol ishtirokchilarni biroz xushyor torttirgani bor gap. Shuningdek, Kengash vakili javobidan qoniqish hosil qilmagan jurnalist savolini takrorlab, aniq misol keltirishi mumkinligini aytdi... Ikki o‘rtada boshlangan tortishuv chuqurlashib ketishining oldini olishmoqchi bo‘ldi chog‘i, Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati rahbari Tursunali Akbarov aytdiki, jurnalist ko‘ndalang qo‘ygan savol o‘ta bahsli, ya’nikim, bitta misol bilan umumiy manzara haqida hukm-xulosa qilib bo‘lmaydi. Ikkinchidan, hozirgi sud to‘rt-besh yil burungi sudlardan farq qilishi inkor etish insofdan emas. Aniq misol lozim bo‘lsa, marhamat: yaqinda Andijon viloyat sudi yosh qizchaning qotilligida ayblangan ayolni (qotillik epizodi bo‘yicha) oqladi. Shuning o‘zi prokurorlarning sud qarorlariga ta’siriga borasidagi savolga yetarli javob emasmi?
Javob-misoldan jurnalistning qoniqish hosil qilgan-qilmagani haqida bir nima deyish qiyin, biroq xorijlik ekspertlar biroz hayratlandi...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter