Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident odamlar sotib olishga qurbi yetadigan mashinalar ishlab chiqarishni topshirdi

Prezident odamlar sotib olishga qurbi yetadigan mashinalar ishlab chiqarishni topshirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholining barcha qatlamlari qurbi yetadigan arzon avtomobillar ishlab chiqarish haqidagi qarorni imzoladi.

O‘zbekistonda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi bu prezident qarorida 2019–2023-yillarda avtomobil sanoatini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilab berilgan. Xususan:

  • – yengil mashina ishlab chiqarish hajmi yiliga 350 mingtaga yetkaziladi;
  • – yengil avtomobillar o‘rtacha 60 foizgacha mahalliylashtiriladi;
  • – yuk mashinalari va avtobuslar ishlab chiqarish hajmi yiliga 10 mingtagacha oshiriladi;
  • – yiliga 100 mingta avtomobil eksport qilinadi;
  • – qator avtomobil modellari yangilanadi.

Shuningdek, «UzAutoMotors» bilan 2019-yil 1-oktyabrdan keyin shartnoma qilingan mashinalar aksiz solig‘idan ozod etiladi.

2019-yil 1-dekabrgacha «General Motors» bilan 2019-2022-yilga mo‘ljallangan barcha muzokaralar va shartnomalar nihoyasiga yetkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring