Bodring va pomidor narxlari yil boshidan beri keskin arzonladi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning may oyida bodring narxlari aprel oyiga nisbatan ya’ni bir oyda o‘rtacha 19,7 foizga arzonlashgan.
Bodring narxlari 2023-yil boshidan buyon o‘rtacha 54,7 foizga arzonlashgani kuzatilgan.
2023-yilning may oyida o‘tgan oyga nisbatan:
Pomidor narxlari - o‘rtacha 20,5 foizga arzonlashgan.
Baqlajon narxlari - o‘rtacha 25 foizga arzonlashgan.
Sabzi narxlari - o‘rtacha 3 foizga oshgan.
Piyoz narxlari - o‘rtacha 12,1 foizga arzonlashgan.
Kartoshka narxlari - o‘rtacha 0,5 foizga arzonlashgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter