Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda yangi tabiiy gaz qudug‘i ochildi

Buxoroda yangi tabiiy gaz qudug‘i ochildi

«O‘zbekneftgaz» AJ Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Janubiy Kemachi» neftgazkondensat konidagi 170-sonli quduqda burg‘ulash ishlari tugatilib, quduqqa 2227-2257 metr oralig‘ida filtr tushirildi.

Yangi quduq o‘zlashtirilgach, kunlik 100 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 2,9 t gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Shuningdek, «Janubiy Kemachi» konidagi yana bir quduqdan tabiiy gaz olina boshlandi. «2 OE»-sonli quduqda kapital ta’mirlash ishlari to‘liq tarzda tugatildi.

«O‘zneftgazquduqta’mirlash» AJ mutaxassislari tomonidan ta’mirlangan ushbu quduqdan, kunlik 50 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1,4 tonna gaz kondensat olina boshlandi.

Ma’lumot uchun: «Janubiy Kemachi» neftgazokondensat koni Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida joylashgan bo‘lib, 1978 yilda ishga tushirilgan.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring