Eng ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqariladigan viloyatlar nomi aytildi

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2021-yilning yanvar–iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 40,3 mlrd. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 3,4 mlrd. kVt soatga oshgan.
Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida:
- Sirdaryo viloyati 22,9 foiz.
-Toshkent viloyati 22,8 foiz.
- Qashqadaryo viloyati 19,3 foiz.
- Navoiy viloyati 15,7 foiz ulushga ega.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter