Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bill Geyts sun’iy intellekt ham yo‘q qila olmaydigan uch kasbni aytdi

Bill Geyts sun’iy intellekt ham yo‘q qila olmaydigan uch kasbni aytdi

Sun’iy intellekt texnologiyalarining rivoji ortidan ko‘plab kasblar yo‘q bo‘lib ketadi. Bu masalaga Microsoft kompaniyasi asoschisi, milliarder Bill Geyts The Tonight Show shousidagi chiqishida to‘xtalgan.

Geytsning fikricha, pessimistik taxmin va farazlarga qaramay, uch kasb egalari – dasturchilar, energetika va biologiya bo‘yicha mutaxassislar xavotirlanishmasa ham bo‘ladi. Chunki ularning o‘rnini sun’iy intellekt egallay olmaydi.

IT mutaxassislari sun’iy intellekt faoliyatini muvofiqlashtiradi, biologlar ilmiy kashfiyot va ixtirolarga boshchilik qiladi. Energetika tizimi ham shu qadar murakkabki, uni to‘liq sun’iy idrok boshqaruviga topshirib bo‘lmaydi.

Ayni choqda, milliarder sun’iy intellekt sanoatdan tortib qishloq xo‘jaligiga qadar – ko‘plab sohalarda insonlarni mehnat bozoridan siqib chiqarishiga e’tibor qaratgan. U sun’iy idrok ravnaqi ortidan mehnat haftasi 2-3 kunga qadar qisqarishini ham bashorat qilgan.

So‘nggi vaqtlarda ChatGPT singari sun’iy intellekt dasturlarining shiddat bilan rivojlanishi ortidan ko‘plab sohalarda ish o‘rinlari qisqarishi, texnologiyalar insonlar o‘rnini egallashi haqidagi qizg‘in muhokamalar kechmoqda.

Dunyoning yirik davlatlari allaqachon bu borada kimo‘zar poygaga kirishgan.

Sun’iy intellekt tibbiyotda ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan natijalarni ko‘rsatmoqda.

Xavotirli jihati, sun’iy intellekt qisqa muddatda odamlarni aldashni ham o‘rganib oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring