Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Go‘sht nega yana qimmatlashdi?

Go‘sht nega yana qimmatlashdi?

Foto: «Utro.news»

Narxlarning o‘sishi bo‘yicha yetakchilik meva mahsulotlariga tegishli bo‘lsa-da, go‘sht va go‘sht mahsulotlarining qimmatlashishi undan qolishmaydi-, deb yozadi O‘zA. 

Davlat statistika qo‘mitasi 2018-yil may oyi uchun O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sektoridagi inflyasiya darajasi haqida ma’lum qildi.

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari guruhi orasida narxlarning o‘sishi bo‘yicha yetakchilik meva mahsulotlariga tegishli bo‘lsa-da, go‘sht va go‘sht mahsulotlarining qimmatlashishi undan qolishmaydi. 

Go‘sht mahsulotlari: 

Narxlarning o‘sishi (foiz) – mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) – 3,4 foiz; go‘sht qiymasi – 2,7; qo‘y go‘shti – 2,5; suyaksiz mol go‘shti – 2,3; qaynatilgan kolbasa – 1,3; yarim dudlangan kolbasa – 1,2; sosiska, sardelka, go‘shtli konservalar – 0,4.

Tirik va sovutilgan baliq narxlarida 3,9 foiz o‘sish kuzatilgan bo‘lsa, parranda go‘shti (sonlardan tashqari) 1,9 va tovuq boldiri hamda son qismlari 2,1 foiz narxlari pasaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring