Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Iste’mol tovarlari bir yilda necha foizga qimmatlagani aytildi

Iste’mol tovarlari bir yilda necha foizga qimmatlagani aytildi

Foto: Xabar.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning dekabr oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,2 foizga oshgan.

2023-yil davomida iste’mol sektoridagi narxlarning o‘sish darajasi 8,8 foizga yetdi.

2023-yilning dekabrida «Donli ekinlar va yorma mahsulotlari» (109,7% ga 131,3 %), «Yog‘lar va moylar» (90,3% ga 110,9%), «Sabzavotlar, ildiz mevalilar va dukkaklilar» (98,6%ga 112,9%) va «Shakar, qandolat mahsulotlari va desertlar» (109,0% ga 124,6%) guruhlari 2022-yilning dekabridagi mos ko‘rsatkichdan sezilarli darajada past bo‘ldi.

Mevalar va yong‘oqlar esa, aksincha 2023-yilda bir yil avvalgiga qaraganda sezilarli qimmatlashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring