Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon banki ijrochi direktori: «O‘zbeklar tashabbuskor xalq, ularga sharoit yaratib berish kerak xolos»

Jahon banki ijrochi direktori: «O‘zbeklar tashabbuskor xalq, ularga sharoit yaratib berish kerak xolos»

Kristalina Georgiyeva — Jahon banki ijrochi direktori

Foto: «Sputnik»

Jahon banki ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva «O‘zbekiston 24» telekanaliga intervyu berdi. Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda oxirgi yil davomida o‘tkazilgan islohotlar muhokama qilindi.

Intervyuda Tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar borasida Georgiyeva oxirgi yil davomida O‘zbekistonda katta ishlar qilinayotganini va ular jahon hamjamiyati tomonidan iliq kutib olinayotganini qayd etdi.

Xususan, Georgiyeva 2017-yil yakuniga ko‘ra, Jahon Bankining «Doing business» reytingi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda eng yaxshi islohotlar tadbiq etgan 10 mamlakat qatoridan o‘rin olganini aytib o‘tdi.

Xalqaro moliya muassasi rahbari O‘zbekiston xalqining tadbirkorlikka bo‘lgan ishtiyoqini alohida ta’kidlab o‘tdi:

«O‘zbeklar tashabbuskor xalq, ularga sharoit yaratib berish kerak xolos. Ushbu islohotlar haqiqatdan ham o‘tkazilganligini va ular to‘g‘ri yo‘nalishda ekanini o‘zbekistonliklarning kelajakka ishonchi tobora ortib borayotganidan ham bilib olsa bo‘ladi».

O‘z ish faoliyati haqida berilgan savolga «Men o‘z ishimni yaxshi ko‘raman, chunki mening ishim alohida mamlakatlarni o‘z xalqi yashashi uchun eng yaxshi joyga aylanishga yordam beradi», — dedi Jahon Banki rahbari.

Kristalina Ivanova Georgiyeva 1953-yilda Bolgariyaning Sofiya shahrida tug‘ilgan. Iqtisod, siyosiy iqtisod va ijtimoiy izlanishlar sohasida oliy ma’lumot va ilmiy unvonlarga ega. Georgiyeva JB tizimining ko‘plab lavozimlarida ishlagan. Xususan 2004-yildan JBning Rossiyadagi vakili, 2010-yildan YeI insonparvarlik jamg‘armasi rahbari, Yevropa komissiyasi vakili va vitse-prezidenti lavozimlarida ishlab kelgan. 2017-yilning fevralida boshlab Jahon banki ijrochi direktori etib tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring