Jahon banki O‘zbekistonni xavfdan ogohlantirdi
O‘zbekistonda ko‘plab bitimlar, ayniqsa, moliyaviy rag‘batlantirish bilan bog‘liq qarorlar yashirin qabul qilinadi va hech qachon muhokama qilinmaydi.
O‘zbekistonda manfaatdor shaxslarning hokimiyatni egallab olish xavfi 2025 yilga borib eng yuqori cho‘qqiga chiqadi. Bu haqda Jahon banki hisobotida aytiladi (pdf).
Sobiq SSSRning boshqa mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ko‘pincha oligarxlarning shakllanishi ikki muhim bosqichda sodir bo‘ladi:
- davlat nazoratini qisqartirish va yerlarni davlat tasarrufidan chiqarishda;
- davlat korxonalarini xususiylashtirishda.
Bu ikkala bosqich ham hukumat tomonidan belgilangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlardan bo‘lishi kerak.
Sobiq sovet hududidagi o‘tish davri iqtisodiyotida olingan saboqlar odatda ikki xil manfaatdor tomonlar mavjudligini ko‘rsatadi:
- egallash istagi natijasida paydo bo‘ladigan yangi resurslar ustidan nazorat qiluvchilar;
- islohot jarayoniga to‘sqinlik qilishdan manfaatdorlar.
Olingan ma’lumotlar esa O‘zbekistonda har ikki xavf ham darajasi yuqori ekanini tasdiqlaydi.
Bundan tashqari, mamlakatda yerlarni va davlat korxonalarini xususiylashtirish jarayonlari bilan bog‘liq muammolar mavjud.
Raqobat tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydigan, shaffof bo‘lmagan imtiyozlar berish davlatni qo‘lga olish usullaridan biridir.
O‘zbekistonda hukumat qarori bilan soliq va bojxona talablaridan ozod qilish, resurslardan imtiyozli foydalanish va hatto potensial raqabotchilar uchun yangi to‘siqlarni bartaraf etish kabi imkoniyatlar yaratilmoqda. Ushbu imtiyozlarning ba’zilari haqida ma’lumot rasmiy davlat nashrlarida chop etiladi.
Lekin xususiy manfaatdor tomonlar uchun ko‘plab bitimlar, ayniqsa, moliyaviy rag‘batlantirish bilan bog‘liq qarorlar yashirin qabul qilinadi va hech qachon muhokama qilinmaydi. Ularning nashr qilinishi ham muammo bo‘ladi yoki tashabbuslardan xabardor bo‘lish qiyinlashtiriladi.
Aynan bu jarayonlarning hukumat tomonidan o‘z vakolatlari doirasida oshkor etilishi islohotlarning eng muhim elementidir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter