Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax akkumulyator zavodi aksiyalari xorijiy investorlarga sotiladi

Jizzax akkumulyator zavodi aksiyalari xorijiy investorlarga sotiladi

Foto: «daz.uz»

«Jizzax akkumulyator zavodi» AJni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq «Jizzax akkumulyator zavodi» AJning ustav kapitalida «O‘zavtosanoat» AJga tegishli ulushning 51,78 foizi (aksiyalar paketi) belgilangan tartibda xorijiy investorlarga sotiladi.

Shu munosabat bilan «O‘zavtosanoat» AJga aksiyalar paketining bozor qiymatini aniqlash va ularni belgilangan tartibda birja savdolariga qo‘yish topshirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring