Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax viloyatida elektr yetishmovchiligini bartaraf etish shartlari ma’lum qilindi

Jizzax viloyatida elektr yetishmovchiligini bartaraf etish shartlari ma’lum qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Jizzax viloyatida 2022-yilda elektr yetishmovchiligi 123 million kilovatt soatga yetdi, 2023-yilda bu raqam 156 million kilovatt soat bo‘lishi kutilmoqda.

Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev sanoatni rivojlantirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalari masalalarida o‘tkazilayotgan yig‘ilish davomida aytib o‘tdi.

– Ushbu vaziyatni o‘nglash va joriy yilda kuzatilgan muammolar takrorlanmasligi uchun xozirdan chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz shart. Viloyatda kamida 2 ming Megavatt qayta tiklanuvchi energiya manbalar uchun salohiyat bor, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari tomonidan ta’kidlanishicha, Jizzaxda 2023-yilda 270 Megavatt quyosh energiyasi quvvatlari ishga tushiriladi va shuning hisobiga 236 million kilovatt soat ishlab chiqarilib, tanqislik ortig‘i bilan qoplanadi. Buning hisobiga, jami 71 million kub metr gaz tejaladi.

Jumladan:

1. G‘allaorolda Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasining 200 million dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyasi hisobidan, 220 Megavattli yirik quyosh stansiyasi ishga tushiriladi va bu yil 60 million kilovatt soat elektr ishlab chiqariladi. Kelgusi yilda bu stansiya to‘liq quvvatga chiqib, 500 million kilovatt soat elektr olinadi va viloyat ehtiyojining 20 foizini qoplaydi.

2. Ijtimoiy soha va davlat idoralari binolarida 5 Megavattli quyosh panellari o‘rnatilishi hisobiga, 2023-yilda 5 million kilovatt soat ta’minlanadi. Buning uchun, banklar ishtirokida alohida Kompaniya tashkil qilinayapti. Jizzaxda bu kompaniya 5 million dollar hisobiga, 250 ta binoda quyosh panellari o‘rnatib, «yashil energiya» bilan ta’minlaydi.

3. Sanoat zonasi va tadbirkorlar binolarida 15 Megavattli quvvatlar joylashtiriladi. Buning uchun, tadbirkorlarga banklar tomonidan 100 milliard so‘m kredit resurslari ajratiladi.

4. Aholi xonadonlariga 8 Megavattli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish uchun, jozibador sharoitlar yaratiladi. Bunda, aholi o‘z xonadonida panel o‘rnatib, ehtiyojidan ortgan har bir kilovati davlat tomonidan 1 ming so‘mdan sotib olinadi (hozirgi tarif 295 so‘m).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring