Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat iqtisodiyotimizga ta’sir o‘tkazadi» — Markaziy bank raisi

«Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat iqtisodiyotimizga ta’sir o‘tkazadi» — Markaziy bank raisi

Foto: Markaziy bank axborot xizmati

Bugun, 5-mart kuni Markaziy bankning asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishida stavka yillik 16 foiz darajasida o‘zgarishsiz qolgani ma’lum qilindi.

Matbuot anjumanida Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov koronavirusning O‘zbekiston iqtisodiyotigata’siri haqida ham to‘xtaldi.

«Hammamizga ma’lumki, butun dunyoda keng tarqalayotgan «koronavirus» bilan bog‘liq vaziyat jahon iqtisodiyotiga turli darajada ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Xalqaro moliya institutlari xulosalariga ko‘ra, jahon iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasayishi, tashqi talab va savdo hajmining qisqarishi hamda ushbu vaziyat bilan bog‘liq noaniqliklarning 2020 yilning ikkinchi choragida ham saqlanib qolishi kutilmoqda. 

O‘zbekiston tashqi iqtisodiy munosabatlarda ochiq va savdo aloqalari bilan xorijiy mamlakatlar bilan uzviy bog‘langan davlat.

Yuzaga kelgan vaziyatning iqtisodiyotimizga ham ma’lum darajada ta’siri bo‘lishi mumkin. Bu avvalo tashqi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlarmizda o‘z aksini topadi.

Xitoy va koronavirus tarqalayotgan boshqa davlatlardan import tovarlari kirib kelishining sekinlashishi, transport aloqalarining kamayishi va inson resurslari harakatining cheklanishi ichki narxlarga ma’lum bir darajada ta’sir qilishi mumkin.

Mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasi Xitoyning ulushi 2019-yil yakunlari bo‘yicha 18,1 foizni yoki 7,6 mlrd. dollarni  tashkil etgan. Bunda eksport – 2,9 mlrd. doll. (energiya va neft mahsulotlari 917 mln. doll., tekstil – 438 mln. doll, xizmatlar 694 mln. doll.), import – 5,1 mlrd. doll (mashina va jihozlar 3,2 mlrd. doll, kimyo mahsulotlari 768 mln. doll.)

Lekin ta’kidlash joizki, bu ta’sirlar bir martalik qisqa muddatli ahamiyat kasb etadi:

  • ichki ishlab chiqarish va tadbirkorlarning joriy vaziyatga moslashishi;
  • tovar va xizmatlar importi geografiyasining o‘zgarishi;
  • ichki bozorda raqobatni kuchayishi hisobiga ushbu omilning narxlar darajasiga ta’siri minimallashib boradi», deya qayd etdi Mamarizo Nurmuratov.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring