Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank birinchi chorak bo‘yicha hisobot berdi

Markaziy bank birinchi chorak bo‘yicha hisobot berdi

Foto: «Uz24.uz»

2018-yilning birinchi choragida O‘zbekisonda iste’mol tovarlari asosiy turlarining narxlari darajasi barqarorlashdi.

Ko‘rsatilgan davrda iste’mol tovarlarining asosiy turlari uchun narxlar o‘rtacha 1 foizga oshdi, deyiladi Markaziy bank axborot xizmati xabarida.

Mart oyida bu tovarlar guruhining o‘rtacha narxi 0,4% ga, yanvar va fevral oylarida esa 0,6% va 0,7% ga pasaygan. Xususan, 2018-yil yanvar-mart oylarida pomidor 46,4%, tuxum 23,3%, shakar 10%, kartoshka 6,2%, guruch 4,2%, o‘simlik yog‘i 3,2% ga, bug‘doy uni 2,2% ga, sabzi 1,8% ga o‘sdi.

Nooziq-ovqat iste’mol tovarlari orasida kiyim-kechak savdosi 4,9% ga, poyabzal 3,8 ga, televizorlar 7,8% ga, changyutgichlar 4,4% ga, muzlatgichlar 3,5% ga kamaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring