Markaziy Bank rahbariyatida o‘zgarish ro‘y berdi

Markaziy bank raisi o‘rinbosari Adham Rustamovich Islomov o‘z vazifasidan ozod etildi. Bu haqda «Kun.uz» xabar bermoqda.
1976-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan Adham Islomov 2018-yil yanvaridan buyon Markaziy Bank raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. U bundan avval O‘zbekiston Prezidenti Devoni ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmatining bosh konsultanti sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Ma’lum qilinishicha, Islomovning o‘rnini shu vaqtga qadar «O‘zagrosug‘urta» raisi lavozimida ishlab kelayotgan Saidqahhor Xolxo‘jayev egallaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter