Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank tijorat banklaridan biriga cheklov kiritdi

Markaziy bank tijorat banklaridan biriga cheklov kiritdi

Foto: Xabar.uz

Markaziy bank ko‘rsatmalariga amal qilmaganligi va yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlamaganligi sababli 1 ta tijorat bankiga ayrim operatsiyalarni amalga oshirishga cheklov o‘rnatildi.

Shuningdek, 1 ta to‘lov tashkilotining litsenziyasini amal qilish muddati 10 ish kuniga to‘xtatildi hamda 5 ta tijorat banki va 1 ta mikromoliya tashkiloti faoliyatida aniqlangan kamchiliklar uchun chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirilib, tijorat banklarining joylardagi filiallarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha 16 ta bankka nisbatan jarima chorasi qo‘llanildi.

Bu haqda Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qilingan. 

Bundan tashqari, Qo‘mita qarorlari bilan tijorat banklari boshqaruvlari zimmasiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralarni yaratish, shuningdek, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan prudensial normativlarga amal qilish, bank faoliyatida mavjud zaifliklarni bartaraf qilish va moliyaviy holatni sog‘lomlashtirish bilan bog‘liq talablarga rioya etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Avvalroq, Markaziy bank plastik kartalardan millionlab pul yo‘qolgani masalasini izohlagandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring