Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi tomonidan Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi konlarida tabiiy gaz qazib chiqarish jarayonlari o‘rganildi

«O‘zbekneftgaz»: Boshqaruv raisi tomonidan Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi konlarida tabiiy gaz qazib chiqarish jarayonlari o‘rganildi

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi «Ishchi guruh» a’zolari tabiiy gaz qazib chiqarilishi holatini joyida o‘rganish maqsadida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bo‘ldi.

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida 2021 yil yanvar-aprel oylarida reja ko‘rsatkichlari bajarilishi va II-choragida prognoz ko‘rsatkichlarini bajarishga qaratilgan geologo-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan «Zavarda» konida tashkil etilgan shtabda boshqarma va kon boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Boshqarma tasarrufidagi konlardan 2021 yilning yanvar-aprel oylarida konlar kesimida gaz va gaz kondensati qazib chiqarish bo‘yicha boshqarma direktori, bosh muhandisi, bosh geologi va kon boshliqlarining loyiha taqdimoti eshitildi, qazib chiqarish ko‘rsatkichlari bajarilmagan konlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ko‘rsatkichlarning bajarilmaslik sabablari tahlil qilindi. Sustkashlikka yo‘l qo‘ygan kon boshliqlari hisobotlari tanqidiy tahlil qilinib ogohlantirish berildi.

Jumladan, Boshqaruv raisi «O‘rtabuloq», «Dengizko‘l», «Somontepa», «Tegirmon», «Uzunshor», «O‘rtabuloq Terregen», «Ko‘kdumaloq, Janubiy Alan», «Istmoq», «Alan» «Zevarda», «Janubiy Kemachi» va «Jayron» «Muborak guruhi», «Girsan-Cho‘lquvar» «Pomuq», «Shimoliy Darvoza» «Umid», «Ko‘ltak» konlari boshliqlarining har biri bilan alohida suhbatlashib, ularning muammolari, yaratib berilgan sharoitga qaramay ko‘rsatkichlar bajarilmagani sababini muhokama qildi.

Boshqaruv raisi tomonidan yanvar-mart oylariga qadar ishlar yaxshi tashkil etilgani, afsuski aprel oyidan boshlab ko‘rsatkichlar pasayib ketganini, «Alan» va «Zevarda» konlar majmuasida siquv kompressor stansiyalari ishga tushirilib, 14 ta yangi quduq burg‘ilashdan ishga qo‘shilganiga qaramay Boshqarma tomonidan belgilangan topshiriqlar to‘liq bajarilmagani tanqid qilindi.

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida yanvar-aprel oylarida jami 101 ta tadbirlar amalga oshirildi, jumladan, 14 ta yangi burg‘ilashdan quduqlar ishlatishga tushirildi, mavjud 78 ta quduqlarda mukammal ta’mirlash va intensifikatsiya ishlari bajarildi, 7 ta texnologik ob’yektda rekonstruksiya, modernizatsiya va qurilish ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, «Alan» va «Zevarda» konlarida past bosimli siquv kompressor stansiyalari ishlatishga tushirilishi munosabati bilan kunlik 2,0 mln kub metr tabiiy gaz qazib olish ko‘paytirishga erishildi.

Shunga qaramay hisobot davrida Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi bo‘yicha tabiiy gaz qazib olish rejasi 99,5%ga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati esa 98,3%ga bajarildi.

Boshqaruv raisi tomonidan avvalambor 1 yarim yillik ko‘rsatkichlarini to‘liq bajarish bo‘yicha qattiq choralar ko‘rish, shuningdek, o‘sish sur’atini ta’minlash borasida qo‘shimcha tadbirlar ishlab chiqish, barcha imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Boshqarma direktori tomonidan konlarda olib borilayotgan tadbirlar bo‘yicha hisobotida yangi gaz quvurlarini qurish, texnologik jarayonlarni yaxshilash maqsadida gazni dastlabki tayyorlash qurilmalari qurilishidagi muammoli masalalar va ularni yechimi muhokama qilindi.

Uglevodorodlarni qazib chiqarishni oshirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar ham ko‘rib chiqilib, gaz quvurlarini qurilish ishlari va moddiy tovar boyliklarini o‘z vaqtida yetkazib berish, qurilish montaj ishlarini belgilangan muddatlarda tugatish yuzasidan Bosh pudradchi «Eriell» kompaniyasi mutaxassislariga ko‘rsatmalar berildi va kelishib olindi.

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida 2021 yilda 16,8 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib olish rejalashtirilgan, bu o‘z navbatida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 286,9 mln kub metr ko‘p, yoki o‘sish sur’ati 101,7%, kondensat qazib chiqarish 310,7 ming tonna, neft qazib chiqarish 109,0 ming tonna belgilangan.

Ushbu qazib chiqarish prognoz ko‘rsatkichlarini ta’minlash uchun burg‘ilashdan 53 ta yangi quduqlarni ishga tushirish, mavjud 235 ta quduqlarda mukammal ta’mirlash va intensifikatsiya ishlari olib borish hamda 17 ta texnologik ob’yektlarda qurilish montaj ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

Geologo-texnik tadbirlarda may-iyun oylarida bajarilishi ko‘zda tutilgan Uglevodorodlarni qazib olishni ko‘paytirish Dasturi va o‘z mablag‘lari hisobidan yangi ishlatish quduqlarini burg‘ilashdan ishga tushirish, gaz konlaridan mavjud gazni dastlabki tayyorlash qurilmalari hamda siquv kompressor stansiyalarigacha qo‘shimcha gaz quvurlarini montaj qilish va texnologik ob’yektlarni ishga tushirishni jadallashtirish bo‘yicha texnik qarorlar qabul qilib, loyihalar ishlab chiqish, moddiy-texnik resurslar, quvurlar, armaturalar bilan ta’minlash hamda qurilish montaj ishlarini olib borishdagi muammoli masalalar muhokama qilinib, tegishli departament va boshqarma boshliqlariga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yangi istiqbolliy maydonlarda olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish, gaz zaxiralarini o‘stirish yuzasidan ishlarni tashkil etish, shu bilan birga 3 ta yangi istiqbolli konlarda quyi qatlamarga yanada chuqurroq burg‘ilash ishlarini olib borish uchun qaror qabul qilindi va tegishli mutaxassislarga ko‘rsatmalar berildi.

Konlardagi mavjud zaxiralarni maksimal darajada o‘zlashtirish va gaz qazib chiqarish ko‘rsatkichlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida ko‘zda tutilayotgan «Dengizko‘l» va «Girsan-Cho‘lquvur» konlarida siquv kompressor stansiyalari qurish loyihalarini tezlashtirish choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ul mutaxassislar, loyiha-tadqiqot institutlari va boshqarmalarga topshiriqlar berildi.

«Ishchi guruh» a’zolari tomonidan o‘rganish davomida boshqarmada xizmat qilayotgan ishchi-xodimlarning oylik maoshlarini o‘z vaqtida berilishi, ijtimoiy masalalar, qazib chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etayotgan ishchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar borasida ham muhokamalar o‘tkazildi.

Konlarda ishchilar uchun ovqatlanish xonalari barpo etish, maishiy texnikalar bilan ta’minlash, quduqlarda burg‘ilash jaryonlaridan boshlab gaz qazib chiqarish jarayonigacha bo‘lgan barcha texnologik jarayonlarni ma’lumotlar bazasida elektron ko‘rinishda saqlash va doimiy tahlil ishlarini olib borish sharoitini yaratish bo‘yicha ham tegishli ko‘rsatmalar berildi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring