Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Xitoyning yirik korporatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston Xitoyning yirik korporatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytiradi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida Xitoyning CITIC korporatsiyasi rahbari Si Goxua bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Xitoy mulkni boshqarish bo‘yicha xalqaro investitsiya korporatsiyasi moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi hamda yirik sanoat va infratuzilma loyihalarini amalga oshiruvchi yetakchi kompaniyadir. Uning aktivlari qariyb 1,5 trillion dollarni tashkil etadi.

Uchrashuvda qo‘shma loyihalar portfelini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi, bunda asosiy e’tibor mamlakatimiz yo‘l-transport va muhandislik infratuzilmasiga, irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilishga qaratildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring