O‘zbekistonda disk ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tuziladi
Bugun, 16-may kuni «Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi» AJ hamda «Shijiazhuang Zhongxing Machinery Manufacture Co Ltd.» Xitoyning yetakchi disk ishlab chiqaruvchi kompaniyasi o‘rtasida qo‘shma korxona tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda «O‘zagrotexsanoatxolding» AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi qo‘shma korxonaning nizom jamg‘armasi 3,4 mln. AQSh dollarni tashkil etadi, shundan 1,5 mln. AQSh dollari miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyasi kiritilishi belgilangan. Kelishuvga asosan korxonaga 30 dan ortiq yangi zamonaviy asbob-uskunalar olib kelinadi.
Shuningdek, korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 100 ming dona g‘ildirak disklari ishlab chiqarish tashkil etib, mamlakatimizning ushbu mahsulotga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondiradi. Yangi tashkil etilayotgan korxonada 100 ga yaqin yangi ishchi o‘rinlari yaratiladi.
Ushbu korxona 2020-yilning birinchi chorak yakunida to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter