O‘zbekistonda valyuta cheklovlari joriy etilishi mumkinmi?
Ushbu savolga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov quyidagicha javob berdi:
– Aksincha, o‘rta muddatli istiqbolda kapital oqimini liberallashtirish, mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, moliya bozorlarini takomillashtirish bo‘yicha islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.
Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, inflyasiyani targetlash rejimiga o‘tayotgan O‘zbekiston uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri valyuta cheklovlarining joriy etilishi orqaga qadam bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Mamarizo Nurmuratov avvalroq dollar kursining oshishi va so‘mning qadrsizlanishiga munosabat bildirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter