Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan deputatlar, bloger va jurnalistlar ishtirokida press-tur tashkil qilindi

«O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan deputatlar, bloger va jurnalistlar ishtirokida press-tur tashkil qilindi

O‘tgan hafta yakunida ro‘y bergan «blekaut» ko‘pchilikni shoshiltirib qo‘ydi. Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘sha kunni yodga olarkan: «Elektr energiyasi birdan uzilib qolishini hech kim kutmagandi. Bunday vaqtda eng muhimi — sarosimaga tushmaslik edi. Shu sababli xalqimizni tezkor axborot bilan ta’minlab borishga ko‘rsatma berdim. O‘sha vaqtda favqulodda holatni bartaraf etish uchun ko‘mak bergan barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar, soha mutaxassislari va shu bilan birga og‘ir vaziyatda sabr-toqat namoyish etgan aziz xalqimizga minnatdorchilik bildiraman», — dedi.

Albatta elektr energiyasining kutilmaganda uzilib qolishi ko‘plab sohalarga ta’sir o‘tkazmay qolmadi. Xususan, «O‘zbekneftgaz» aksionerlik jamiyatida ham qator muammolar yuzaga keldi. Tashkilot tasarrufida Gazli, Sho‘rtan va Muborak NGQChBlardagi 64 ta konlar vaqtincha faoliyatini to‘xtatdi. Shuningdek, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalardan — Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, 3 ta gazni qayta ishlovchi zavod (Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi va «Uzbekistan GTL») to‘xtab qoldi.

«O‘zbekneftgaz» AJ rahbariyati vaziyatni tezda bartaraf etish uchun vaqtinchalik shtab tashkil etdi va elektr energiya berilishi bilan korxonalarni ish rejimiga tushirish grafiklarini ishlab chiqdi. Tezkor va samarali harakatlar natijasida barcha masala tezda bartaraf etildi.

Davlat rahbari tomonidan ilgari surilayotgan ochiqlik siyosatini qo‘llab-quvvatlash va OAV xodimlarini bajarilgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida kuni kecha «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan Qashqadaryo viloyatiga press-tur tashkil etildi. Tashkilot rahbari Mehriddin Abdullayev tashabbusi bilan tashkil etilgan safar davomida jurnalistlar ishlab chiqarish ob’yektlari va «blekaut» oqibatlarini bartaraf etish uchun amalga oshirilgan ishlar bilan tanishib chiqdilar.

Xabar.uz axborot-tahliliy portali ushbu press-tur tafsilotlari bilan tanishtirib borishni rejalashtirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring