«O‘zbekneftgaz»: Jurnalist va blogerlar ishtirokida Ustyurtdagi tabiiy gaz qazib chiqarish ishlarini o‘rganish maqsadida press-tur uyushtirildi (foto)

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev tashabbusi bilan Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasi faoliyati va Ustyurt regionida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Press-tur tashkillashtirildi.
Press-turda deputat Rasul Kusherbayev, jurnalist Xurshid Daliyev, blogerlar Bahodir Ahmedov, Nurbek Alimov hamda «O‘zbekiston 24» telekanali ijodiy guruhi, «Kun.uz», «UzNews», «Human.uz», «Darakchi.uz», «Sof.uz» internet nashrlari jurnalistlari va mahalliy OAV vakillari ishtirok etishdi.
Ustyurt regioni asosan gaz kondensat sanoat-mahsuldorlik qatlamlari yura davri cho‘kmalaridir. 1960 yilda bu hududda chuqur quduqlar qazilgan.
Ta’kidlash kerakki, 1964 yilda «Shaxpaxti» hududida birinchi gaz kondensat koni va 1967 yilda «Quanish» koni ochilgan.
Ustyurt regioning umumiy maydoni 110 ming kv. km. bo‘lib, tabiiy gaz va neft bo‘yicha istiqbolli maydonining hajmi 108 ming kv. km.ni tashkil etadi.
Jurnalistlar va blogerlar, keng jamoatchilik vakillari tabiiy gaz qazib chiqarish uchun burg‘ilanayotgan, qayta ta’mirlanayotgan quduqlarda bo‘lib, u yerda holat bilan tanishdilar.
Nukusdan Mo‘ynoqqacha bo‘lgan yo‘l davomida Press-tur sabab sayohat ham uyushtirildi. Uchsoy posyolkasiga borishdan oldin, Orol dengizi va uning tarixi bilan tanishib chiqildi.
Eng qiziqarli onlar esa, O‘zbekneftgaz» AJ o‘z mablag‘lari hisobidan geologiya-qidiruv burg‘ilash ishlari ishlari bajarilayotgan «Quyi Sharqiy Berdaq» konidagi 2-,3-sonli quduqlarda bo‘lib o‘tdi.
Quduqda jadal suratlarda olib borilayotgan burg‘ilash ishlari jarayoni bilan Boshqarma boshlig‘i Olim Orinbayev tanishtirib, tashrif buyurganlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdi.
Jurnalist Olim Orinbayev bilan suhbat jarayonida nafaqat ayni paytda davom etayotgan burg‘ilash yoki geolooiya yo‘nalishida, balki 2021 yil olib borilgan izlov burg‘ilashdan keyin ochilgan «G‘arbiy Quyi Surgil», «Quyi Sharqiy Berdaq» konlari borasida ko‘plab savollar berishdi.
O‘z navbatida ularga Ustyurt regionidagi tabiiy gaz qazib chiqarilishi, geologiya-qidiruv ishlariga oid ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tildi.
Eslatib o‘tamiz, Press-tur davom etadi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter