Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda yana bir yangi quduqdan sanoat miqyosida gaz oqimi olindi

Qashqadaryoda yana bir yangi quduqdan sanoat miqyosida gaz oqimi olindi

Foto: Xabar.uz

Sho‘rtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Yormoq» gazkondensat konidagi 8-sonli baholash-ishlatish qudug‘ida burg‘ulash ishlari tugatilib, 3034-3139m intervallar oralig‘ida filtr tushirildi.

Quduqni o‘zlashtirish ishlaridan so‘ng kunlik 120 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 3,8 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Hozirda ushbu quduq ustini jihozlash va gaz kollektoriga qo‘shish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun: «Yormoq» gazkondensat koni Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida joylashgan bo‘lib, 2019 yilda ishga tushirilgan.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring