Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qorako‘lda tabiiy gaz va gaz kondensati olinadigan yangi quduq ochildi

Qorako‘lda tabiiy gaz va gaz kondensati olinadigan yangi quduq ochildi

Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Andakli» gazkondensat konidagi 11-sonli quduqda burg‘ulash ishlari tugatildi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz AJ Matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Quduqda 2048-2042 m., 2038-2036 m. intervallar oralig‘ida perforatsiya ishlari amalga oshirildi. Natijada quduqdan kunlik 80 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi.

Ma’lumot uchun: «Andakli» gazkondensat koni Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida joylashgan bo‘lib, 2019 yil ishga tushirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring