Savdo-sanoat palatasi Hukumat bo‘ysunuvidan to‘liq chiqariladi – Prezident
Prezident Savdo-sanoat palatasi va uning xududiy bo‘linmalarining faoliyati ham tubdan o‘zgarishini aytdi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, bundan buyon, ular:
- tuman, shahar tadbirkorlarini birlashtirib, ularni qiynayotgan muammo va masalalarni aniqlash bilan amalda shug‘ullanadi;
- har bir tuman va shaharda ilg‘or metodikalar asosida biznesga o‘qitish maktablarini tashkil qiladi;
- hokim va boshqa hududiy rahbarlarga ko‘rib chiqishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish vakolatiga ega bo‘ladi;
- mahalliy Kengash va hokimlar bilan har oy kamida ikki marta tanqidiy muhokamalarni o‘tkazadi.
Shu bilan birga, Savdo-sanoat palatasining o‘ziga ham:
- Hukumatga ko‘rib chiqishi majburiy bo‘lgan masala kiritish;
- tadbirkor manfaatini ko‘zlab Oliy sudga ariza berish hamda iqtisodiy, ma’muriy va jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan shikoyat kiritish vakolatlari beriladi.
Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi Hukumat bo‘ysunuvidan to‘liq chiqariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter