Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Savdo-sanoat palatasi Hukumat bo‘ysunuvidan to‘liq chiqariladi – Prezident

Savdo-sanoat palatasi Hukumat bo‘ysunuvidan to‘liq chiqariladi – Prezident

Prezident Savdo-sanoat palatasi va uning xududiy bo‘linmalarining faoliyati ham tubdan o‘zgarishini aytdi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, bundan buyon, ular:

  • tuman, shahar tadbirkorlarini birlashtirib, ularni qiynayotgan muammo va masalalarni aniqlash bilan amalda shug‘ullanadi;
  • har bir tuman va shaharda ilg‘or metodikalar asosida biznesga o‘qitish maktablarini tashkil qiladi;
  • hokim va boshqa hududiy rahbarlarga ko‘rib chiqishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish vakolatiga ega bo‘ladi;
  • mahalliy Kengash va hokimlar bilan har oy kamida ikki marta tanqidiy muhokamalarni o‘tkazadi.

Shu bilan birga, Savdo-sanoat palatasining o‘ziga ham:

  • Hukumatga ko‘rib chiqishi majburiy bo‘lgan masala kiritish;
  • tadbirkor manfaatini ko‘zlab  Oliy sudga ariza berish hamda iqtisodiy, ma’muriy va jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan shikoyat kiritish vakolatlari beriladi.

Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi Hukumat bo‘ysunuvidan to‘liq chiqariladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring