Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sho‘rtanda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi qisqarishining oldi olindi

Sho‘rtanda tabiiy gaz qazib chiqarish hajmi qisqarishining oldi olindi

Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi o‘z ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda «Bateman» siquv kompressor stansiyasida qayta tiklash-ta’mirlash ishlarini amalga oshirdi.

«Bateman» siquv kompressor stansiyasidagi GPA-3 gaz haydash agregati kompressor qismida nuqson yuzaga kelganligi sababli avariya holatida ishdan to‘xtab qolgan edi.

«O‘zbekneftgaz» tomonidan ma’lum qilinishicha, Respublikada Covid-19 koronavirus pandemiyasini tarqalishi vaqtida ham iste’molchilarga tabiiy gaz xajmlarini barqaror va uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida Boshqaruv raisi tashabbusi bilan Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida Shtab tashkil etilgan. Ushbu Shtab vakillari hamda boshqarma rahbariyati qaroriga ko‘ra tezkorlik bilan Gaz haydash agregatida qisqa fursatda nuqsonlar bartaraf etildi. Kompressorning ehtiyot qismi Chirchiq shahridagi «UNGM-DR SERVIS MARKAZI» MChJ QKda ta’mirlanib, olib kelindi va gaz haydash agregatiga tezkorlik bilan o‘rnatilib, ishga qo‘shib yuborildi.

Natijada kunlik 1,0 mln.kub.m tabiiy gaz qazib chiqarish hajmining qisqarishining oldi olindi.

Ma’lumot uchun: «Bateman» siquv kompressor stansiyasi Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani hududida joylashgan bo‘lib, 4 dona gaz haydash agregatlari mavjud va loyiha buyicha yiliga 13 mlrd. m³ tabiiy gazni haydab berish quvvatiga ega. Kompressor stansiya 2003 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlarining «Dresser Rand» va «General Electric» kompaniyalarida ishlab chiqarilgan gaz haydash agregatlarini o‘rnatilib ishga tushirilgan.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring