Tashqi savdo aylanmasining qariyb 40 foizi Toshkentga to‘g‘ri kelmoqda

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi 20,9 mlrd AQSh dollariga yetgan.
Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2023-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 mlrd AQSh dollariga yoki 5,9 foizga oshgan.
Toshkent shahri O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori 38,8 foiz ulushni egallagan.
Toshkentning tashqi savdo aylanmasi hajmi 4 oyda qariyb 8,1 mlrd AQSh dollariga yetgan.
Tashqi savdoning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (19 %), Rossiya (18,4 %), Qozog‘iston (5,9 %), Turkiya (4,4 %) va Koreya Respublikasida (3,3 %) qayd etilgan.
Eksport – 8,5 mlrd (9 % ga oshgan)
Import – 12,4 mlrd (3,9 % ga oshgan)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter