Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«To‘maris» konida gazni dastlabki tozalash qurilmasining qurilish ishlari boshlandi

«To‘maris» konida gazni dastlabki tozalash qurilmasining qurilish ishlari boshlandi

«O‘zbekneftgaz» AJning Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «To‘maris» gazkondensat konidagi 5-sonli qidiruv qudug‘ida burg‘ulash ishlari tugatildi.

Quduqning 2025-2040 metr ochiq o‘zanida yura davrining XVa mahsuldor qatlamida o‘zlashtirish ishlari olib borildi. Natijada quduqdan kunlik 200 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz olinishiga erishildi. Burg‘ulash ishlari «Olot NGQE» MChJ tomonidan olib borildi.

Shu bilan birga «To‘maris» konidagi quduqlardan qazib olinayotgan tabiiy gaz tarkibidan mexanik birikmalar, kondensat va texnik suyuqlikni ajratib olish ishlari yo‘lga qo‘yilayotgani xabar qilindi.

Birlamchi tozalangan tabiiy gazni «Uchqir» gazni oltingugurtdan tozalash qurilmasigacha yetkazish maqsadida, yillik quvvati 500,0 mln m³ bo‘lgan tabiiy gazni dastlabki tozalash qurilmasining qurilish ishlari boshlandi. Bundan tashqari, diametri Ø-325x10 mm, uzunligi 44,0 km bo‘lgan «To‘maris-Savatli» gaz quvuridan tabiiy gazni o‘tkazuvchanlik samaradorligini oshirish asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilab olindi.

To‘maris gazni dastlabki tozalash qurilmasining qurilish montaj ishlari uchun zarur bo‘lgan apparat va uskunalar «O‘zbekneftgaz» AJning ichki imkoniyatidan foydalangan holda, jamiyat tizimidagi boshqarmalarda hozirgi vaqtda ishlatilmayotgan lekin, ishga yaroqli bo‘lgan uskunalar tanlanib, qurilish maydoniga olib kelindi.

Natijada gazni dastlabki tozalash qurilmasining qurilishida zarur bo‘lgan apparatlar va uskunalar uchun sarflanadigan pul mablag‘i iqtisod qilinishiga erishiladi.

Qurilish montaj ishlari Bosh pudratchi tashkilot «Muboraknefgazmontaj» AJ tomonidan jadallik bilan olib borilmoqda.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring