Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xizmat ko‘rsatish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar

Xizmat ko‘rsatish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 167 538 ta yuridik shaxs tomonidan 22,5 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.

Shundan, 4,5 trln so‘mdan ortig‘i, ya’ni 20,3 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 47 trln so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 3,3 trln so‘mni tashkil etgan.

Ushbu 20 ta soliq to‘lovchi tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

  • QQS – 1,2 trln so‘m;
  • foyda solig‘i – 956,9 mlrd so‘m;
  • aksiz solig‘i - 666,3 mlrd so‘m;
  • JShODS - 575,6 mlrd so‘m;
  • ijtimoiy soliq - 573,9 mlrd so‘m;
  • mol-mulk solig‘i - 190,1 mlrd so‘m;
  • yer solig‘i - 61,8 mlrd so‘m;
  • boshqa soliqlar - 283,1 mlrd so‘m.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring