Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmning 2 ta tumanida 10 eksportyor korxona ishga tushgan

Xorazmning 2 ta tumanida 10 eksportyor korxona ishga tushgan

Foto: «Sentr podderjki eksporta Altayskogo kraya»

Xorazm viloyati davlat coliq boshqarmasi tashabbusi bilan Qo‘shko‘pir va Xiva tumanlarida eksportyor korxonalar ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.

Unda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 27-fevral kuni eksportni oshirish va importni qisqartirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar ijrosi, bu borada tarmoqlar va hududlardagi ishlar holati tahliliga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash, tadbirkorlik sub’yektlari va eksportyor korxonalar faoliyatini yanada kengaytirish, soliq sohasida tadbirkorlik sub’yektlari uchun yaratilgan imtiyozlarning mazmun-mohiyati bilan aholini yaqindan tanishtirishga qaratildi. 

Amaliy seminarda viloyatda ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratish, eksport salohiyatini son va sifat hijatdan yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar to‘g‘risida aytib o‘tildi.

Tadbir davomida Qo‘shko‘pir va Xiva tumanlarida tashkil etilgan eksportyor korxonalarning faoliyati haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi. Unga ko‘ra ayni paytda birgina Qo‘shko‘pir tumanida 10 dan ortiq eksportyor korxona-tashkilotlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda asosan parrandachilik va qishloq-xo‘jaligi mahsulotlarini esportini yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, tadbir doirasida tumandagi «Qatag‘on qurilish» xususiy korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. mazkur korxona 8 soatda 800 kg. meva-sabzavot mahsulotlarini quritish, uni qadoqlash imkoniyatiga ega. Bu yerda 150 tonnalik muzlatkich ombori mavjud bo‘lib, yaqinda yana bitta muzlatgich ombori ishga tushish arafasida. Shuningdek, 2018-yilda korxonaga 14 gektar yer maydonlaridan ajratilgan bo‘lib, uning 4 gektariga «Topinambur» (yer noki) o‘simligini ekish hamda ushbu o‘simlikdan dorivor damlama ishlab chiqarib, uni Xitoy va Rossiya davlatlariga eksport qilish rejalashtirilgan.

Uchrashuvda tadbirkorlarning savollariga mutasaddi idoralar vakillari atroflicha javob qaytardi.

Dilrabo Kuryazova,

Xorazm viloyati davlat soliq boshqarmasi

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring