Xabaringiz bormi? 1-iyundan tabiiy gaz va elektr energiyasining narxi oshadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-noyabrdagi «Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida»gi 897-sonli qaroriga muvofiq 2019-yil 1 iyundan boshlab tabiiy va suyultirilgan gaz va elektr energiyasi uchun narxlar oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, bu bo‘yicha 2018-2019-yillarda tariflar va narxlar o‘zgarishi grafigi tasdiqlangan.
Tabiiy gazning (1 kub/m uchun) narxi:
- hisoblash asboblari bo‘lganida aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun — 350 so‘m;
- hisoblash asboblari bo‘lmagan holda aholining kommunal maishiy ehtiyojlari uchun:
- ovqat tayyorlash va issiq suv ta’minoti uchun — 605 so‘m;
- isitish tizimi uchun — 350 so‘mdan hisoblanadi.
Elektr energiyasining narxi (1 kVt soati uchun):
- I va II guruhdagi iste’molchilar uchun — 370 so‘m;
- III guruhdagi iste’molchilar uchun — 280 so‘m;
- IV guruhdagi iste’molchilar uchun — 392 so‘m etib belgilanadi.
Amaldagi narxlar va oshiriladigan narxlardagi tafovutni ushbu xabardagi ma’lumotlar asosida taqqoslab olishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter